← SubsTrack
SubsTrack

Foydalanish shartlari

Oxirgi yangilanish: 2026-yil 13-oktyabr

Bu shartlar SubsTrack ilovasidan (ishlab chiquvchi: Islom Yuldashev, AirSoft) foydalanishga tegishli. Ilovani o'rnatib foydalanish orqali siz ularga rozilik bildirasiz. Shaxsiy ma'lumotlar bilan qanday ishlanishi Maxfiylik siyosatida yozilgan.

1. Ilova

SubsTrack obunalaringizni hisobga olish, to'lovlar haqida eslatish va xarajatlar statistikasini ko'rsatish uchun mo'ljallangan. Ilova to'lovlarni amalga oshirmaydi va hech qaysi xizmatdagi obunangizni boshqarmaydi. U faqat siz kiritgan ma'lumotlar bilan ishlaydi.

2. Premium

  • Premium ikki shaklda sotiladi: bir martalik xarid (umrbod) va yillik obuna. Ikkalasi ham Google Play orqali sotiladi. Narx xariddan oldin Google Play oynasida ko'rsatiladi.
  • Yillik obuna har yili avtomatik yangilanadi. Uni joriy davr tugashidan kamida 24 soat oldin bekor qilmasangiz, keyingi yil uchun pul yechiladi. Bekor qilish: Google Play → Profil → To'lovlar va obunalar → Obunalar.
  • Bepul sinov davri bo'lsa, u tugashidan oldin bekor qilmasangiz, obuna pullik davrga o'tadi.
  • Ilovani o'chirish obunani bekor qilmaydi.
  • Pulni qaytarish Google Play qoidalari bo'yicha amalga oshiriladi.
  • Premium tugasa ham, avval saqlangan ma'lumotlaringiz o'chmaydi.

3. Valyuta kurslari va hisob-kitoblar

Turli valyutalar O'zbekiston Markaziy bankining kurslari bo'yicha qayta hisoblanadi. Kurslar va jami summalar faqat ma'lumot uchun berilgan: ular bankingiz yoki xizmat yechadigan haqiqiy summadan farq qilishi mumkin. Moliyaviy qarorlarni faqat ilova raqamlariga tayanib qabul qilmang.

4. Eslatmalar

Eslatmalar Android budilniklari orqali ishlaydi. Tizim sozlamalari, quvvatni tejash rejimi yoki ruxsatlar tufayli ular kechikishi yoki kelmasligi mumkin. To'lovni o'z vaqtida qilish uchun javobgarlik sizda.

5. Ma'lumotlaringiz va zaxira

Ma'lumotlar faqat qurilmangizda saqlanadi. Ilova o'chirilsa yoki qurilma yo'qolsa, ular ham yo'qoladi. Shuning uchun zaxira nusxa yaratib turing (Premium). Zaxira parolini unutsangiz, faylni ochib bo'lmaydi va biz uni tiklay olmaymiz.

6. Javobgarlikni cheklash

Ilova "boricha" (as is) taqdim etiladi. Qonun ruxsat bergan darajada biz ilovadan foydalanish natijasida yuzaga kelgan bilvosita zararlar uchun javobgar emasmiz. Bunga o'tkazib yuborilgan to'lovlar, noto'g'ri hisob-kitoblar va ma'lumot yo'qolishi kiradi.

7. Ruxsat etilmagan foydalanish

Ilovani buzish, teskari muhandislik qilish, Premium'ni noqonuniy yo'l bilan ochish yoki tarqatish taqiqlanadi.

8. O'zgarishlar va qonunchilik

Shartlar o'zgarsa, shu sahifa va yuqoridagi sana yangilanadi. Shartlar O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tartibga solinadi. Bu sizning yashash mamlakatingiz qonunlari bergan iste'molchi huquqlarini cheklamaydi.

9. Aloqa

islomyuldashev3007@gmail.com