← Glass Out
Glass Out

Maxfiylik siyosati

Oxirgi yangilanish: 2026-yil 16-oktabr

Glass Out (paket: uz.airsoft.glassout) — vitraj mavzusidagi boshqotirma o'yini. Ro'yxatdan o'tish yo'q, hisob yaratilmaydi, ism, elektron pochta yoki kontaktlar so'ralmaydi. Quyida ilova aynan nimalarni yig'ishi to'liq sanab o'tilgan.

Qurilmada saqlanadigan ma'lumot (bizga yuborilmaydi)

O'yin jarayoni — yutilgan levellar va yurishlar, vitraj oynalari, tanga va kristallar, busterlar, sozlamalar (ovoz, tebranish, til) — faqat qurilmangizda saqlanadi. Ilova o'chirilsa, bu ma'lumot ham o'chadi.

Xaridlar (Google Play, RevenueCat)

Ixtiyoriy xaridlar Google Play orqali amalga oshiriladi; karta ma'lumotingiz ilovaga kelmaydi. Xaridni tekshirish va "Xaridlarni tiklash" uchun RevenueCat xizmati xarid cheki, mahsulot identifikatori va anonim foydalanuvchi identifikatorini qayta ishlaydi. Batafsil: RevenueCat maxfiylik siyosati.

Firebase Analytics (Google)

O'yinni yaxshilash uchun anonim foydalanish statistikasi yig'iladi:

  • Hodisalar: level boshlanishi, yutilishi va yutqazilishi (level raqami, yurishlar, davomiylik), shisha bo'lak va oyna tugashi, buster ishlatish, tanga va kristall harakati, xarid boshlanishi va natijasi, taklif ko'rsatilishi, sozlama o'zgarishi, reklama so'rovi/ko'rsatilishi/mukofoti.
  • Foydalanuvchi xossalari: yutilgan levellar soni, eng yuqori level, tugallangan oynalar, build turi.
  • Firebase avtomatik yig'adiganlar: qurilma modeli, OS versiyasi, ilova versiyasi, mamlakat darajasidagi taxminiy joylashuv (IP orqali), ilova nusxasi identifikatori.

Firebase Crashlytics (Google)

Ilova qulasa, xatolik hisoboti yuboriladi: crash log, qurilma modeli, OS va ilova versiyasi. Bu faqat xatolarni tuzatish uchun ishlatiladi.

Google AdMob (reklama)

Ilovada reklama bor: o'yinchi o'zi tanlaydigan video (qo'shimcha yurish uchun) va levellar orasidagi reklama. Reklama level davomida hech qachon chiqmaydi. AdMob reklama identifikatori, IP asosidagi taxminiy joylashuv va reklama bilan o'zaro ta'sir ma'lumotini qayta ishlaydi. Yevropa iqtisodiy hududi va Buyuk Britaniyada Google UMP orqali rozilik so'raladi. "Reklamasiz rejim" sotib olinsa, levellar orasidagi reklama o'chadi. Batafsil: Google reklama texnologiyalari.

Firebase Remote Config

Narxlar va reklama chastotasi kabi sozlamalarni masofadan boshqarish uchun ishlatiladi. Shaxsiy ma'lumot yig'maydi; Firebase o'rnatish identifikatoridan foydalanadi.

Bolalar

Ilova bolalar uchun mo'ljallanmagan va 13 yoshgacha bo'lgan bolalarga qaratilmagan.

Ma'lumotni o'chirish va aloqa

Yig'ilgan statistika hisobga bog'lanmagan va anonim. Savol yoki o'chirish so'rovi uchun: islomyuldashev3007@gmail.com