← Fireflies
Fireflies

Maxfiylik siyosati

Oxirgi yangilanish: 2026-yil 12-noyabr

Fireflies (paket: uz.airsoft.fireflies) — tungi bog'dagi mantiqiy boshqotirma o'yini (Akari / Light Up). Ro'yxatdan o'tish yo'q, hisob yaratilmaydi, ism, elektron pochta yoki kontaktlar so'ralmaydi. Quyida ilova aynan nimalarni yig'ishi to'liq sanab o'tilgan.

Qurilmada saqlanadigan ma'lumot (bizga yuborilmaydi)

O'yin jarayoni — yechilgan levellar, yulduzlar, vaqt va hintlar, Daily natijalari va streak, tugallanmagan doska, bog' o'sishi, xaridlar yozuvi va sozlamalar (ovoz, musiqa, tebranish, til, mavzu, eslatma) — qurilmangizda saqlanadi. iOS'da iCloud yoqilgan bo'lsa, progress yangi qurilmaga o'tishi uchun o'zingizning iCloud xotirangizga ham nusxalanadi; biz uni ko'rmaymiz. Ilova o'chirilsa, qurilmadagi ma'lumot ham o'chadi.

Xaridlar (Google Play, App Store)

Ixtiyoriy xaridlar ("Reklamasiz" va 20 ta hint) Google Play yoki App Store orqali amalga oshiriladi; karta ma'lumotingiz ilovaga kelmaydi. Xaridni ochish va "Xaridlarni tiklash" uchun ilova do'kondan faqat xarid tasdig'ini (mahsulot identifikatori va xarid tokeni) oladi va uni qurilmada saqlaydi.

Firebase Analytics (Google)

O'yinni yaxshilash uchun anonim foydalanish statistikasi yig'iladi:

  • Hodisalar: level boshlanishi va yechilishi (rejim — kampaniya, Daily yoki Zen; level raqami yoki sana, doska o'lchami, yulduzlar, vaqt, hint va xatolar soni), hint ishlatish va hint olish, rozilik natijasi, reklama ko'rsatilishi va mukofoti, taklif ochilishi, xarid va tiklash natijasi, eslatma va yangiliklar sozlamasi.
  • Firebase avtomatik yig'adiganlar: qurilma modeli, OS versiyasi, ilova versiyasi, mamlakat darajasidagi taxminiy joylashuv (IP orqali), ilova nusxasi identifikatori.
  • Analytics reklama identifikatorini yig'maydi va reklama signallari o'chirilgan.

Firebase Crashlytics (Google)

Ilova qulasa, xatolik hisoboti yuboriladi: crash log, qurilma modeli, OS va ilova versiyasi. Bu faqat xatolarni tuzatish uchun ishlatiladi.

Bildirishnomalar

Daily eslatmasi qurilmaning o'zida rejalashtiriladi, serverga hech narsa yuborilmaydi. "Yangiliklar" sozlamasi yoqilgan bo'lsa (sukut bo'yicha yoqiq), qurilma Firebase Cloud Messaging'ning umumiy "news" mavzusiga yoziladi; xabar yetkazish uchun FCM qurilma tokenidan foydalanadi. Sozlama o'chirilsa, obuna bekor qilinadi.

Reklama (Google AdMob)

Ilovada reklama bor: o'yinchi o'zi tanlaydigan video (hint yoki eski Daily kunini ochish uchun) va level tugagach "Keyingi" bosilganda chiqadigan reklama. Reklama level davomida hech qachon chiqmaydi. Google AdMob va u orqali reklama beradigan tarmoqlar reklamani ko'rsatish va o'lchash uchun reklama identifikatori (Android), qurilma va ilova ma'lumoti, IP asosidagi taxminiy joylashuv va reklama bilan o'zaro ta'sir ma'lumotini qayta ishlaydi. iOS'da kuzatish ruxsati (ATT) so'ralmaydi, shuning uchun IDFA ishlatilmaydi. Yevropa iqtisodiy hududi, Buyuk Britaniya va Shveytsariyada Google UMP orqali rozilik so'raladi; tanlovni Sozlamalardagi "Maxfiylik sozlamalari" orqali o'zgartirish mumkin. "Reklamasiz" sotib olinsa, levellar orasidagi reklama o'chadi. Batafsil: Google maxfiylik siyosati, Google reklama texnologiyalari.

Firebase Remote Config

Reklama chastotasi kabi sozlamalarni masofadan boshqarish uchun ishlatiladi. Shaxsiy ma'lumot yig'maydi; Firebase o'rnatish identifikatoridan foydalanadi.

Bolalar

Ilova bolalar uchun mo'ljallanmagan va 13 yoshgacha bo'lgan bolalarga qaratilmagan.

Ma'lumotni o'chirish va aloqa

Yig'ilgan statistika hisobga bog'lanmagan va anonim. Savol yoki o'chirish so'rovi uchun: islomyuldashev3007@gmail.com